Ziyech Marokash klubi bilan shartnoma imzoladi
Hakimning so‘nggi klubi Qatarning "Al-Duhail" jamoasi edi.
ФОТО: Getty images
Hakim Ziyech Marokashning “Wydad Casablanca” klubi bilan shartnoma imzoladi.
32 yoshli futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Shartnoma 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Hakimning so‘nggi klubi Qatarning "Al-Duhail" jamoasi edi: Ziyech olti oy ichida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi (1 gol + 1 assist) va shartnomani muddatidan oldin bekor qildi.
Futbolchi faoliyati davomida "Ajax" va "Chelsea" safida ham to‘p surgan. Keyinchalik “Galatasaray”ga ko‘chib o‘tgan. Klub murabbiyi bilan kelishmovchilik sabab Qatarga yo‘l olgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist