locale OZ

Zirkzeye yanvarda «Yunayted»ni tark etishni rejalashtirmoqda

Futbolchiga «Komo» va «Roma» da’vogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Zirkzeye yanvarda «Yunayted»ni tark etishni rejalashtirmoqda
photo: gettyimages

Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzeye 2026-yilning yanvar oyida «Manchester Yunayted»ni tark etish niyatida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi mavsumning ikkinchi qismida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlamoqda. Buning uchun esa u qishki transfer oynasida jamoa almashtirishi mumkin.
Unga asosiy da’vogarlar sifatida Italiyaning «Komo» va «Roma» jamoalari tilga olinmoqda. Manbaning yozishicha, «Komo» Zirkzeye transferi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda va yangi yilda shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Zirkzeye 2024-yil yozida «Bolonya» safidan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan. Biroq «Old Trafford»da u doimiy asosiy tarkibga kirish imkoniga ega bo‘la olmayapti.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting