Zirkzee yanvarda “Napoli”ga o‘tishga rozilik bildirdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini Italiyaning “Napoli” klubida davom ettirishi mumkin. Niderlandiyalik futbolchi 2027-yil yanvar oyidagi transfer oynasida A Seriyaga qaytishga rozilik bildirgan. Bu haqda AreaNapoli.it nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Napoli” sport direktori Jovanni Manna 25 yoshli hujumchini jamoaga olib kelish ustida ishlamoqda. Transfer amalga oshishida “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchilari Rasmus Xyoylund va Skott Maktominey muhim rol o‘ynashi mumkin. Ular Zirkzeega Neapol klubiga qo‘shilishni tavsiya etishi kutilmoqda.
Shuningdek, futbolchiga Turinning “Yuventus” klubi ham qiziqish bildirmoqda. Biroq “Napoli” transfer uchun kurashda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin. Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot uchun, Zirkzee 2024-yil yozida “Bolonya”dan “Manchester Yunayted”ga 43 million yevro evaziga o‘tgan. Joriy mavsumda hujumchi ingliz klubi safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol yoki golli uzatma qayd etmadi. Transfermarkt portali uning qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.