locale OZ

Zirkze qishda A Seriyaga qaytmoqchi

Unga Rim klubi tomonidan qiziqish bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zirkze qishda A Seriyaga qaytmoqchi
ФОТО: Getty images

“Manchester United” hujumchisi Joshua Zirkze qishda “Roma” jamoasiga ijaraga o'tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Zirkze ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish va Niderlandiya terma jamoasidan chaqiruv olish istagida jamoasini almashtirmoqchi. U Jahon chempionatida o'ynash orzusi borligini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, Zirkze oktyabr oyidagi uchrashuvlar uchun terma jamoaga chaqiruv olmagach, o'z agentidan yangi jamoa topishni so'ragan.

Joriy mavsumda Joshua turli musobaqalar doirasida 4 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlar qayd eta olmadi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting