locale OZ

Zirkze faoliyatini «Roma»da davom ettirmoqchi

Niderlandiyalik hujumchi rimliklar taqdim etgan loyihadan hayratda qolgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zirkze faoliyatini «Roma»da davom ettirmoqchi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee «Roma»ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Niderlandiyalik futbolchi Rim klubining taqdim etgan loyihasidan hayratda qolgan. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

Italiya jamoasi yozda futbolchini 5 mln yevroga ijaraga olish va 30 mln yevro evaziga sotib olish huquqini qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, ammo transfer bo‘yicha qaror hali qabul qilinmagan, chunki «Manchester Yunayted» tranzaktsiyaga rozilik bermagan. «Roma»dan tashqari, 24 yoshli futbolchiga boshqa klublardan ham takliflar kelmoqda.

Zirkzee bilan ingliz klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsumda Zirkzee APLda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting