locale OZ

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishga rozilik berdi — Le Parisien

Fransiyalik mutaxassisning soʻngi ish joyi Madridning «Real» klubi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishga rozilik berdi — Le Parisien
FOTO: Getty Images

Fransiya terma jamoasining sobiq afsonasi Zinedin Zidan mamlakat futbol federatsiyasi (FFF) bilan bosh murabbiy sifatida ishlash bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

FFF rahbari Filipp Diallo terma jamoaning yangi bosh murabbiyi ismini allaqachon bilishini, biroq hozircha uni ochiqlamasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu lavozimga besh nafar mutaxassis da’vogarlik qilgan va ularning barchasi fransiyaliklardir.

Ma’lumot o‘rnida, Zinedin Zidan «Real Madrid» bosh murabbiyi sifatida ikki bor Ispaniya chempioni bo‘lgan, ikki marta mamlakat Superkubogida zafar quchgan hamda ketma-ket uch marotaba Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va nomi keyinroq aniqlanadigan yana bir jamoa bilan bir guruhdan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting