locale OZ

Zinchenko \"Juventus\"ga yo'l olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zinchenko "Juventus"ga yo'l olishi mumkin
Photo: Getty Images

"Arsenal"ning ukrainalik himoyachisi Aleksandr Zinchenko "Juventus"ga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia.

Ma'lumotlarga ko'ra, Zinchenkoning xizmatlari "keksa sinyora" rahbariyatiga taklif qilingan. Hozirda Turin klubi potensial kelishuvni ko'rib chiqmoqda.

"Arsenal" futbolchini jamoada saqlab qolishni rejalashtirmayapti. Futbolchi bilan 10-15 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor.

Ta'kidlash kerakki, "Juventus" ukrainalik futbolchining nomzodiga A Seriyaning birinchi klubi emas. Avvalroq, "Latsio" va "Milan" bilan muzokaralar haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, futbolchiga Dortmundning "Borussiya"si va "Atletiko" klublari ham da'vogar sifatida ko'rildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting