locale OZ

Zinchenko «Fulhem»ga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zinchenko «Fulhem»ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

“Arsenal”ning chap qanot himoyachisi Aleksandr Zinchenko faoliyatini “Fulhem”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Give me Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, klub bosh murabbiyi Marko Silva bilan hamkorlikni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishgach, tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Londonliklar Zinchenkoga jiddiy qiziqish bildirayotgani ta'kidlanmoqda.

Qayd etilishicha, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar iyun oyidan beri davom etmoqda. “Arsenal” esa Zinchenkoni 17,3 million yevroga sotishga tayyor.

Ma'lumot uchun, 28 yoshli himoyachi 2022 yilning yozidan buyon “Arsenal”da to'p surmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting