Zinchenko faoliyatini «Ayaks»da davom ettirishga yaqin turibdi
29 yoshli futbolchi yangi klubi safida tibbiy koʻrikdan oʻtadi.
FOTO: Getty Images
«Ayaks» «Arsenal»ning chap qanot himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning transferi bo‘yicha ruxsat oldi. Futbolchi mavsumning birinchi yarmini ijara asosida «Nottingem Forest» safida o‘tkazgan edi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, amsterdamliklar 29 yoshli ukrainalik futbolchining tibbiy ko‘rigini davom ettiradi va yaqin vaqt ichida olti oylik shartnoma rasmiylashtiriladi. Zinchenkoning keyingi taqdiri bo‘yicha muzokaralar esa yozda olib borilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq «Nottingem Forest» futbolchining ijarasini muddatidan avval yakunlash niyatida ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Joriy mavsumda Zinchenko 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib chiqmadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist