locale OZ

Zinchenko — «Ayaks» futbolchisi (Romano)

Tomonlar transfer boʻyicha prinsipial kelishuvga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zinchenko — «Ayaks» futbolchisi (Romano)
FOTO: Getty Images

«Ayaks» «Arsenal» bilan Aleksandr Zinchenkoning ijarasi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, kelishuv joriy yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Ukrainalik futbolchi «Nottingem Forest»ni tark etadi va yaqin 24 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Amsterdamga yo‘l oladi. «Ayaks» futbolchining maoshini to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Bitim to‘liq kelishilgan, deya xabar bermoqda Romano.

Zinchenko 2025 yilda yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida «Arsenal»dan «Nottingem Forest»ga ijara asosida o‘tgandi. Klub safida u bor-yo‘g‘i 10 ta o‘yinda maydonga tushdi, shulardan faqat to‘rttasida Angliya Premyer-ligasida asosiy tarkibda harakat qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting