locale OZ

Zinchenko «Ayaks» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi

Avvalroq ukrainalik futbolchi jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zinchenko «Ayaks» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

«Ayaks» jamoasining chap qanot himoyachisi Aleksandr Zinchenko Amsterdam klubi bilan ijara kelishuvini uzaytirishi kutilmoqda. Bu haqda Soccernews.nl nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyi boshida amsterdamliklar bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan ukrainalik futbolchi, klub bilan yangilangan bitim ustida muzokara olib bormoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Zinchenko og‘ir damlarda o‘ziga bildirilgan ishonch uchun klubdan minnatdor. Shu sababli, yangi kelishuv doirasida himoyachi o‘z ish haqining sezilarli darajada kamayishiga rozi bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Zinchenko uchun joriy mavsum omadsiz keldi. U klub safidagi debyut o‘yinidayoq tizzasidan jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi.

Maʼlumot uchun, joriy mavsumda himoyachi «Ayaks» libosida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq hozircha samarali harakatlar bilan ajralib turgani yo‘q.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting