locale OZ

Zidan Tojikiston milliy jamoasini boshqarish taklifini rad etdi — manba

Taniqli mutaxassis kelasi yozda Fransiya milliy jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zidan Tojikiston milliy jamoasini boshqarish taklifini rad etdi — manba
FOTO: Getty Images

Tarmoqlarda Zinedin Zidanning murabbiylik faoliyati bo‘yicha kutilmagan xabarlar tarqalmoqda. Ta’kidlanishicha, afsonaviy fransiyalik mutaxassis Tojikiston terma jamoasini boshqarish taklifini rad etgan.

Ushbu ma’lumotni dastlab PM Arena nomli mahalliy manba e’lon qildi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu nashr yirik OAV hisoblanmaydi, balki ijtimoiy tarmoqlardagi 3 mingga yaqin obunachiga ega kichik sahifadir. Shu bois, bu «insayd»ga katta ehtiyotkorlik bilan yondashish tavsiya etiladi.

Shu bilan birga, ko‘plab taniqli jurnalistlar Zidan kelasi yozda Fransiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida ancha vaqtdan beri yozishmoqda. Bu xabarlarning haqiqatga yaqinlik darajasi ancha yuqori baholanmoqda. Ma’lumot uchun, Tojikiston terma jamoasi FIFA reytingida 103-o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting