Zidan tarixdagi eng yaxshi futbolchi kim ekanligini aytdi
Fransiyalik futbolchi na Messini, na Ronalduni tanladi.
ФОТО: Getty images
“Real Madrid” va “Yuventus” klublarida hamda Fransiya terma jamoasida o‘ynagan sobiq yarim himoyachi Zinedin Zidan futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi.
“Tarixdagi eng yaxshi futbolchimi? Men uchun braziliyalik Ronaldo ideal futbolchi hisoblanadi. Uning maydondagi harakatlarini mo‘’jizaga qiyoslash mumkin”, deya Zidaning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldo professional faoliyati davomida “Real Madrid”, “Barselona”, “Inter”, “Milan” kabi klublarda to‘p surgan. “So‘ylok” laqabli futbolchi Braziliya terma jamoasi safida 99 ta o‘yinda maydonga tushib, 62 ta gol va 32 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist