Zidan murabbiylikka qaytadi
53 yoshli mutaxassis 2021 yildan beri ishsiz.
ФОТО: Getty images
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini davom ettirish imkoniyatlari haqida gapirdi.
Fransiyalik murabbiy 2021 yildan beri ishsiz.
"Murabbiylikka albatta qaytaman, bu mening rejalarimdan biri. Bir kun kelib Fransiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishni xohlayman... Ko'ramiz", - dedi Zidan.
Eslatib o'tamiz, 53 yoshli mutaxassisga “MYu” va Saudiya klublari tomonidan takliflar bo'lgan edi. Ammo u barcha takliflarni rad etgandi.
Shuningdek, “Fenerbahche” ham Mourinyo o'rniga Zidanni taklif qilishni maqsad qilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist