Zidan Messi “Oltin to‘p”ni yutishiga ishonmoqda
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Lionel Messining 2026-yilgi “Oltin to‘p” uchun imkoniyatlarini yuqori baholadi. Fransiyalik mutaxassis argentinalik futbolchi sovrinni qo‘lga kiritsa, bundan ajablanmasligini aytdi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Zidan Messini qo‘llab-quvvatlab, imkoniyati bo‘lsa unga qayta-qayta ovoz berishini ta’kidladi. Shuningdek, u 39 yoshida ham eng yuqori saviyada o‘ynayotgan argentinalikning uzoq yillik barqarorligi va futbolga ta’sirini alohida e’tirof etdi.
Messi 2026-yilgi “Oltin to‘p” uchun e’lon qilingan 30 nafar nomzod qatoridan joy oldi. U “Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi safidagi natijalari bilan sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi faoliyati davomida “Oltin to‘p”ni sakkiz marta qo‘lga kiritgan va bu turnir tarixidagi rekord hisoblanadi. 2026-yilgi sovrin egasi 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida aniqlanadi.