locale OZ

Zidan Mbappening Fransiya terma jamoasidagi pozitsiyasini o‘zgartirmoqchi

Uning ta’kidlashicha, jamoa to‘psiz qolganida barcha futbolchilar singari Mbappe ham pressing va himoyaviy harakatlarda qatnashishi talab etiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zidan Mbappening Fransiya terma jamoasidagi pozitsiyasini o‘zgartirmoqchi
Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Kilian Mbappeni markaziy hujumchidan ko‘ra chap qanotda ko‘proq ishlatishni rejalashtirmoqda. Mutaxassis futbolchining hujum chizig‘idagi barcha pozitsiyalarda o‘ynay olishini ta’kidlagan bo‘lsa-da, uning eng qulay roli chap qanot ekanini qayd etdi. Bu haqda L’Équipe xabar bermoqda.

“U uchala hujumkor pozitsiyada ham o‘ynay oladi. Markaziy hujumchi uning eng yaxshi pozitsiyasimi — bunga ishonchim komil emas. Men Mbappeni chap qanotda ham juda yaxshi ko‘raman”, — dedi Zidan Fransiya terma jamoasidagi ilk tarkibini e’lon qilganidan so‘ng.

Shuningdek, Zidan Mbappening himoyadagi ishtiroki borasidagi bahslarni jiddiy muammo deb hisoblamasligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa to‘psiz qolganida barcha futbolchilar singari Mbappe ham pressing va himoyaviy harakatlarda qatnashishi talab etiladi.

Ma’lumot uchun, Mbappe Fransiya terma jamoasi sardori bo‘lib, milliy jamoa safida 66 ta gol qayd etgan. Zidan esa 2026-yil yozida Didye Desham o‘rnini egalladi va 18-sentyabr kuni Fransiya bosh murabbiyi sifatidagi ilk tarkibini e’lon qildi. Uning qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuv 25-sentyabr kuni Turkiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi doirasida o‘tkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting