locale OZ

Zidan «Marsel» mashgʻulotlarida ishtirok etdi

Fransiyalik mutaxassis hozirda ishsiz yuribdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zidan «Marsel» mashgʻulotlarida ishtirok etdi
FOTO: Getty Images

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Liga 1 doirasidagi «Lill»ga qarshi uchrashuv oldidan «Marsel» jamoasining mashg‘ulotiga tashrif buyurdi. Bu haqda La Provence nashri xabar bermoqda.

Provans jamoasi futbolchilari jamoaviy muhitni yaxshilash maqsadida aynan Zidanning o‘zi asos solgan mashg‘ulot majmuasida padel (tennisga o‘xshash sport turi) bilan shug‘ullanishdi.

«Olimpik» klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda futbol afsonasini «dunyodagi eng mashhur marsellik» deb atadi. Avvalroq Zidan har doim ushbu jamoada o‘ynashni orzu qilgani, biroq bu amalga oshmaganidan afsusda ekanligini ta’kidlagan edi.

Zinedin Zidan murabbiylik faoliyati davomida «Real» bilan ikki bor Ispaniya chempionligi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, uch marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting