locale OZ

Zidan Kanteni Fransiya terma jamoasiga chaqirmaslikka qaror qildi

Kante 2026-yilgi Jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan, biroq turnir davomida birorta ham uchrashuvda maydonga tushmagan.
Zidan Kanteni Fransiya terma jamoasiga chaqirmaslikka qaror qildi
Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarim himoyachi N’Golo Kanteni milliy jamoaning navbatdagi yig‘iniga chaqirmaslikka qaror qilgani aytilmoqda. 35 yoshli futbolchi yangi murabbiy davridagi dastlabki tarkibdan o‘rin olmaydi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Zidan Fransiya terma jamoasining yarim himoya chizig‘ini yangilash va asosiy e’tiborni yoshroq futbolchilarga qaratishni rejalashtirmoqda. Shu sabab Kantening milliy jamoadagi faoliyati yakuniga yetayotgan bo‘lishi mumkin. Hozircha Fransiya futbol federatsiyasi bu borada rasmiy bayonot bermagan.

Kante 2026-yilgi Jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan, biroq turnir davomida birorta ham uchrashuvda maydonga tushmagan. FFF ma’lumotlariga ko‘ra, uning milliy jamoadagi so‘nggi o‘yini 2026-yil 8-iyun kuni Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, N’Golo Kante Fransiya terma jamoasi safida 69 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan. U 2018-yilda jahon chempioni bo‘lgan, shuningdek, Yevro-2016 finalida ham Fransiya bilan ishtirok etgan. Hozirda 35 yoshli yarim himoyachi Turkiyaning “Fenerbahche” klubida to‘p tepmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting