locale OZ

Zidan futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy kim ekanligini aytdi

U ispaniyalik mutaxassisning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zidan futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy kim ekanligini aytdi
ФОТО: Getty images

Taniqli sobiq futbolchi va "Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy kim ekanligini aytdi.

"Men uchun barcha zamonlarning eng yaxshi murabbiyi — Xosep Gvardiola. U o‘z darajasini bir necha bor isbotladi: avval "Barselona"da, keyin "Bavariya"da, hozir esa "Manchester Siti"da. Men undan ko‘p narsa o‘rganishga muvaffaq bo‘ldim. U juda ochiq inson — tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, maslahatlar berdi, biz ko‘p suhbatlashdik, ishga yondashuvimizda farqlar bo‘lishiga qaramay", — deya Zidanning so‘zlarini Give Me Sport keltiradi.

Fransiyalik mutaxassis qo‘shimcha qilib, suhbatlar mazmunini oshkor etishni istamasligini, ammo bu tajriba haqiqatan ham qimmatli bo‘lganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola o‘z murabbiylik faoliyati davomida uch marta Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan: ikki bor "Barselona" bilan, bir bor esa "Manchester Siti" bilan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting