locale OZ

Zidan Fransiyaning JCHdagi ilk oʻyiniga bormaydi

U Jazoir oʻyinini koʻrish uchun boradi.
Zidan Fransiyaning JCHdagi ilk oʻyiniga bormaydi
ФОТО: Getty images

Fransiyalik sobiq futbolchi va Madridning “Real” klubi sobiq murabbiyi Zinedin Zidan JCH—2026 guruh bosqichi doirasidagi Fransiya va Senegal terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda ishtirok etmaydi.

Buning oʻrniga Zidan Jazoir va Argentina oʻyiniga tashrif buyuradi. Bu haqda Actu Foot nashri X ijtimoiy tarmogʻida L’Équipe nashriga tayanib xabar berdi.

Manbaning qayd etishicha, Zidan Jazoir jamoasi sharafini himoya qilayotgan oʻgʻli Lukanning oʻyinini oʻz koʻzi bilan koʻrishni xohlaydi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting