locale OZ

Zidan Fransiya terma jamoasidagi qanot himoyachilari muammosini hal qilishni talab qildi

Murabbiy kelajakda ushbu pozitsiyada sifatli futbolchilar tanlovini kengaytirishni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zidan Fransiya terma jamoasidagi qanot himoyachilari muammosini hal qilishni talab qildi
Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoada qanot himoyachilari pozitsiyasidagi muammodan xavotirda. Mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasidan ushbu pozitsiya uchun yangi futbolchilar tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli choralar ko‘rishni talab qilgan. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Zidan Fransiya futbol federatsiyasining milliy texnik direktori Yuber Furnye bilan bu masalani muhokama qilgan. Shuningdek, u U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi Jerald Batikl va U-20 jamoasi murabbiyi Bernar Diomedga yosh futbolchilarni qanot himoyachisi pozitsiyasida sinab ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Murabbiy kelajakda ushbu pozitsiyada sifatli futbolchilar tanlovini kengaytirishni istamoqda.

Joriy xalqaro tanaffus davomida yoshlar terma jamoalarida aslida markaziy himoyachi sifatida o‘ynaydigan “Monako” futbolchisi Kristian Mavissa va “Lans” vakili Ismaelo Ganiu qanotlarda sinab ko‘rildi. Zidan va uning shtabi shu kabi futbolchilarni yoshlar darajasidanoq yangi pozitsiyaga moslashtirish orqali kelajakda asosiy terma jamoa uchun qo‘shimcha variantlar yaratmoqchi.

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi boshqaruvida hozirgacha 3 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Fransiya Millatlar ligasida Turkiyani 1:0, Belgiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi va Italiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa, Zidan boshchiligidagi jamoa 3 o‘yinda 2 ta g‘alaba, 1 ta durang qayd etib, 3 ta gol urdi va 1 ta gol o‘tkazdi. Fransiya 7 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting