Zidan faoliyatini Fransiya milliy jamoasida davom ettirishi mumkin
Sobiq futbolchi va taniqli murabbiy Zinedin Zidanning keyingi ish joyi Fransiya milliy jamoasi bo‘lishi mumkin. Bu haqda jurnalist Xose Feliks Dias ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Madrid «Real» klubi fransiyalik mutaxassisning klubga qaytishi variantini, hozirgi bosh murabbiy Xabi Alonso tayinlanishidan oldin ham ko‘rib chiqmagan.
Shuningdek, Zidan va Madrid klubi orasidagi munosabatlar iliq bo‘lishiga qaramay, ular birga ishlashni rejalashtirmayotgani bildirilgan.
Hozirgi kunda Fransiya terma jamoasini 57 yoshli Didye Desham boshqaradi. U jamoaga 2012 yil iyul oyidan buyon murabbiylik qilmoqda. Zidan esa 2021 yil iyulidan buyon ishsiz yuribdi — u o‘shanda «Real» bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi.