locale OZ

Zidan bir jamoada o‘ynashni istagan fransiyalik futbolchini aytdi

ZIdan 2026-yilda murabbiylikka qaytdi va Didye Deshamning o'rnini egallab, Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'ldi.
Zidan bir jamoada o‘ynashni istagan fransiyalik futbolchini aytdi
Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarim himoyachi Rayan Sherkining o‘yinini yuqori baholab, futbolchilik faoliyati davomida u kabi o‘yinchi bilan bir jamoada to‘p tepishni istagan bo‘lishini aytdi. Bu haqda Get French Football News nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Zidan Sherkining nafaqat texnik mahorati, balki to‘psiz harakatlarini ham alohida ta’kidlagan. Fransiyalik mutaxassisning fikricha, 23 yoshli futbolchi chiziqlar orasida to‘p qabul qilish, kutilmagan uzatmalar bilan vaziyat yaratish va vertikal paslar orqali jamoaga tezda ustunlik berish qobiliyatiga ega.

Sherki Zidan boshqaruvidagi Fransiyaning ilk uchrashuvida Turkiyaga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. 1:0 hisobida yakunlangan bahsda “Manchester Siti” futbolchisi yarim himoyada faol harakat qildi va 78-daqiqada Eduardo Kamavingaga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Uning o‘yini yangi bosh murabbiyning e’tiborini tortgan.

Ma’lumot uchun, Rayan Sherki joriy mavsumda “Manchester Siti” safida barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. 23 yoshli futbolchi Fransiya terma jamoasining sentabrdagi yig‘iniga Zidan tomonidan jalb qilingan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting