locale OZ

Zaza Janashiya: Bu darajadagi futbolchilar hozircha yo‘q

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq futbolchisi Zaza Janashiya O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zaza Janashiya: Bu darajadagi futbolchilar hozircha yo‘q
photo: gettyimages

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq futbolchisi Zaza Janashiya O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirib, bosh murabbiy Fabio Kannavaroning imkoniyatlarini baholadi.

“Hech kimni xafa qilmoqchi emasman, ammo O‘zbekiston terma jamoasiga beshta Kannavaro kelsa ham, natija yaxshiroq bo‘lmaydi. Bu ularning ilk jahon chempionati. Jahon chempionati — bu klub ligasi yoki O‘zbekiston chempionati emas. Bu darajadagi futbolchilar hozircha yo‘q. Kannavaro yaxshi murabbiy, ajoyib futbolchi bo‘lgan, ammo u yana nima qila oladi?”,— dedi Janashiya «Chempionat» muxbiri Aleksandr Yershovga bergan intervyusida.

Ikki turdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi hali ochko jamg‘armagan va K guruhida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting