Zayd Tahsin «Paxtakor» futbolchisiga aylandi
Photo: Pakhtakor PFK
«Paxtakor» iroqlik futbolchining transferini e'lon qildi.
24 yoshli himoyachi “sherlar” bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
“Iroq terma jamoasi futbolchisi "Al Quwa Al Jawiya" klubidan erkin agent sifatida klubimizga kelib qo‘shildi. Zayd Iroq terma jamoasi safida jahon chempionati saralash o‘yinlariga jalb etilgan. Iroq bilan Arab Ko‘rfazi Kubogi musobaqasida g‘olib chiqqan. Zayd Tahsinning "Paxtakor"dagi faoliyati omadli va sovrinlarga boy bo‘lishini tilaymiz”, - deyiladi xabarda.
Bahrom Bobonov
Redaktor