Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oʻtkazildi
50 nafarga yaqin sportchilar gʻoliblik uchun bellashdi.
Фото: Спорт вазирлиги
Toshkent shahrida joylashgan Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning zamonaviy beshkurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.
Uch kun davom etgan musobaqa jarayonlariga respublikamizning turli hududlaridan kelgan 50 nafarga yaqin sportchilar gʻoliblik uchun bellashdi.
Qizgʻin bahs va murosasiz bellashuvlarga boy oʻtgan chempionati yakunida gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Taqdirlash marosimida federatsiya raisi Bahromjon Gaziyev hamda Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Abror Mamadaliyevlar ishtirok etib, musobaqa g‘olib va sovrindorlariga diplom medal va esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist