locale OZ

Zaif ko'ruvchi va ko'zi ojizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakunlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zaif ko'ruvchi va ko'zi ojizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakunlandi
PHOTO: Telegram

9-16 aprel kunlari O'zbekiston ko'zi ojizlar sport federatsiyasi tomonidan ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi sportchilar o'rtasida 100 katakli shashka bo'yicha mamlakat chempionati o'z yakuniga yetdi.

Buxoro shahri mezbonlik qilgan musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan jami 72 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston ko'zi ojizlar sport federatsiyasi raisi O.Ergashev hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi. Chempionatda sovrindor bo'lgan sportchilar medal, diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ta'kidlash kerakki, ushbu musobaqada saralangan sportchilar joriy yil may oyida Turkiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting