Zafarjon Qoraqulov — «Guliston» jamoasi yordamchi murabbiyi
Mahalliy mutaxassis yangi mavsumda klub murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi. O‘zining ulkan tajribasi bilan yordam beradi.
photo: Guliston FK
2026 yilgi yangi futbol mavsumi oldidan Zafarjon Qoraqulov «Guliston» klubida ish boshlaganini ma’lum qilamiz.
Mahalliy mutaxassis yangi mavsumda klub murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi. O‘zining ulkan tajribasi bilan yordam beradi.
Qoraqulov bunga qadar 2018 yildan beri ISMda futbol murabbiysi sifatida yoshlarga tarbiya berib kelayotgandi.
U futbolchilik faoliyati davomida 2009-2013-yillarda «Guliston», 2014-2015- yillarda «Oq-tepa», 2016-yil «Sementchi» va 2017-yilda «Yangiyer» jamoalarida to‘p tepgan.
Qoraqulovga yangi mavsumda jamoa bilan muvaffaqiyat qozonish, sirdaryolik futbol ishqibozlarini unutilmas g‘alabalar bilan hushnud etishi yo‘lida omad tilab qolamiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor