locale OZ

Zabit Magomedsharipov RAF’dagi ilk bahsini Giga Chikadzega qarshi o‘tkazadi

Ularning to‘qnashuvi 14-noyabr kuni Abu-Dabidagi “Etihad Arena”da tashkil etiladigan RAF turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zabit Magomedsharipov RAF’dagi ilk bahsini Giga Chikadzega qarshi o‘tkazadi
Foto: Getty Images

Sobiq UFC jangchisi Zabit Magomedsharipov Real American Freestyle (RAF) ligasidagi debyut bahsini gruziyalik Giga Chikadzega qarshi o‘tkazadi. Ularning to‘qnashuvi 14-noyabr kuni Abu-Dabidagi “Etihad Arena”da tashkil etiladigan RAF turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RAF tashkiloti rasman ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Magomedsharipov yaqinda RAF bilan ko‘p janglik shartnoma imzolagan va Chikadzega qarshi bahs uning yangi tashkilotdagi ilk chiqishi bo‘ladi. 35 yoshli rossiyalik sportchi UFC’dagi faoliyatini mag‘lubiyatsiz yakunlagan — u tashkilotda o‘tkazgan oltita jangining barchasida g‘alaba qozongan.

Magomedsharipov 2019-yil noyabridan buyon MMA’da jang qilmagan. O‘sha paytda u UFC Moskva turnirining asosiy jangida Kelvin Kattarni hakamlar qarori bilan mag‘lub etgan edi. Joriy yil avgust oyida esa uzoq tanaffusdan so‘ng musobaqalarga qaytib, ACBJJ 22 turnirida Yussef Zalalni jiu-jitsu qoidalari bo‘yicha hakamlarning yakdil qarori bilan yengdi.

Ma’lumot uchun, Zabit Magomedsharipov UFC’da 6 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Uning bo‘lajak raqibi Giga Chikadze esa UFC’da 13 marta oktagonga ko‘tarilgan va tashkilotdagi dastlabki yetti jangida ketma-ket g‘alaba qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting