\"Yuventus\"ga \"MYu\" hujumchisi kerak
Photo: Getty Images
"Yuventus" "Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Hoylundga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italiyaliklar 22 yoshli futbolchini yozda sotib olishni istamoqda va unga taklif bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, daniyalik futbolchi 2023 yilda "Atalanta" klubidan "Manchester Yunayted"ga kelib qo‘shilgan. Inglizlar uning transferiga 64 million funt sterling sarflagan.
Joriy mavsumda Hoylund APLda 29 ta o‘yinda 4 ta gol urgani qayd etilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist