“Yuventus” Zion Suzukini ijaraga olmoqchi
“Yuventus” “Parma” darvozaboni Zion Suzukini ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ayni paytda “PSJ” 23 yoshli yaponiyalik futbolchining transferini yakunlash arafasida bo‘lib, kelishuv qiymati taxminan 35 million yevroga baholanmoqda.
Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, “Yuventus” 12-avgust kuni Suzukining agenti bilan uchrashib, futbolchini bir mavsumga ijaraga olish masalasini muhokama qiladi. Parij klubi ham yangi darvozabonini mavsum oxirigacha Turin klubiga qo‘yib yuborishga tayyor.
Endi yakuniy qarorni futbolchining o‘zi qabul qilishi kutilmoqda. Agar Suzuki “Yuventus” variantiga rozilik bersa, u “PSJ”ga o‘tganidan so‘ng darhol Italiyaga qaytishi mumkin. Hozircha ijara bo‘yicha rasmiy kelishuv mavjud emas.
Suzuki A Seriyada “Parma” safida 57 ta uchrashuv o‘tkazib, 81 ta gol o‘tkazib yuborgan va 13 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlagan. Shuningdek, u so‘nggi jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasining barcha to‘rtta uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan.