locale OZ

«Yuventus» yozda Kopmeynersni sotib yubormoqchi

Turinliklar byudjetni barqarorlashtirish uchun bir nechta futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» yozda Kopmeynersni sotib yubormoqchi
FOTO: Getty Images

«Yuventus» kelayotgan yozda niderlandiyalik yarimhimoyachi Tyun Kopmeynersni sotib yubormoqchi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Turin klubi budjetni barqarorlashtirish maqsadida yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida bir necha o‘yinchilarni sotishi zarur. Aynan Kopmeyners jamoani tark etishga asosiy nomzodlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Futbolchi «byankonerilar» tarkibida o‘zini to‘liq ko‘rsata olmadi, shu sababli turinliklar xavbek uchun kamida 30 million yevro olishni umid qilishmoqda. «Manchester Yunayted» va «Galatasaroy» futbolchi uchun asosiy da’vogarlar hisoblanadi.

Joriy mavsumda Kopmeyners 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting