«Yuventus» Yildiz bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralarni toʻxtatdi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2029 yilga qadar amal qiladi.
FOTO: Getty Images
Turinning «Yuventus» klubi 20 yoshli turkiyalik yarimhimoyachi Kenan Yildiz bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralarni vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Yildizga «Chelsi», «Arsenal» va «Real» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Kenanning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Turin klubi yosh isteʼdodning maoshini oshirishni taklif qilgan — hozir u mavsumiga 1,7 million yevro oladi, «Yuventus» esa 6 million yevro taklif qilgan, biroq Yildiz 7 million yevro talab qilmoqda.
Qayd etilishicha, klub egasi Jon Elkann futbolchining oʻyinini yuqori baholaydi va muzokaralarga bevosita aralashib, uni klubda qolishga koʻndirish variantini koʻrib chiqmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist