“Yuventus” yangi himoyachi transferiga yaqin
Muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan va kelishuv yaqin soatlar ichida yopilishi mumkin.
Foto: Getty Images
Turinning “Yuventus” klubi “Bolonya” va Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Jon Lukumi transferini amalga oshirishga yaqin turibdi.
GOAL ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi “Yuventus” bilan 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan. Turin klubi transfer uchun “Bolonya”ga 20 million yevro va qo‘shimcha bonuslar to‘lashi kutilmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan va kelishuv yaqin soatlar ichida yopilishi mumkin.
Lukumi o‘tgan mavsum “Bolonya” safida barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Agar transfer amalga oshsa, kolumbiyalik himoyachi faoliyatini Italiyaning eng nomdor klublaridan biri — “Yuventus” safida davom ettiradi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist