locale OZ

«Yuventus» yangi gorizontal chiziqli libosini taqdim etdi

Turinliklar ushbu noodatiy formada ilk bor ertaga maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» yangi gorizontal chiziqli libosini taqdim etdi
FOTO: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi o‘zining rasmiy saytida kutilmagan dizayndagi qo‘shimcha libosini (uchinchi komplekt) taqdim etdi. Yangi forma klubning an’anaviy vertikal chiziqlaridan farqli o‘laroq, gorizontal chiziqlar uslubida ishlangan.

Ushbu noodatiy dizayn 1996/1997 yilgi mavsumdan ilhomlangan bo‘lib, o‘sha paytda bu g‘oya faqat eksperiment sifatida qolib ketgan edi.

Klub bayonotida shunday deyiladi:

«1996/1997 yilgi mavsum biz uchun ilhom manbayi bo‘ldi. O‘shanda «Yuventus» o‘zining anʼanaga aylangan oq-qora ranglarini gorizontal ko‘rinishda sinab ko‘rgan, ammo bu rasmiy uchrashuvlarda qo‘llanilmagan edi. Oradan deyarli o‘ttiz yil o‘tib, ushbu tasavvur haqiqatga aylandi. Bu dizayn bizning jasorat, innovatsiya va an’analarga qarshi chiqishga intilishimizni ifodalaydi».

Ushbu yangi va noodatiy libosda «Yuventus» futbolchilari ilk bor ertaga, 21 fevral kuni A Seriya doirasidagi «Komo»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting