“Yuventus” yangi darvozabonni tanladi
Darvozabonning bozor qiymati taxminan 12 million yevroga baholanmoqda.
Foto: Getty Images
“Yuventus” “Volfsburg” darvozaboni Kamil Grabaraning transferini ko‘rib chiqmoqda. 27 yoshli polshalik futbolchi Turin klubining asosiy darvozabon o‘rinbosari bo‘lishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, Grabara “Yuventus”ning zaxira darvozaboni uchun asosiy nomzodga aylangan. Bunga Mattia Perinning “Palermo”ga o‘tishga yaqin turgani sabab bo‘lgan.
Grabara 2024-yil yozidan buyon “Volfsburg” safida to‘p tepmoqda. Uning Germaniya klubi bilan shartnomasi 2028-yil iyunigacha amal qiladi. Darvozabonning bozor qiymati taxminan 12 million yevroga baholanmoqda.