locale OZ

«Yuventus» Xyoybyergni qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shmoqchi

Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
«Yuventus» Xyoybyergni qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shmoqchi
Фото: Getty Images

«Yuventus» «Marsel» yarim himoyachisi Per-Emil Xyoybyergni qishki transfer oynasidagi ustuvor nomzodlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

31 yoshli daniyalik futbolchi bir necha hafta oldin «Marsel»dan ketishga yaqin turgan edi. Biroq u kutilmaganda «Nyukasl»ga o‘tishdan voz kechib, Fransiya klubida qolishga qaror qildi.

Bu qaror «Marsel» egasi Frenk MakKortning jahlini chiqardi, chunki u klubning moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun futbolchining transferidan daromad olishni rejalashtirgan edi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi «Marsel» safida 6 ta uchrashuv o‘tkazdi, ularning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

«Yuventus» tajribali yarim himoyachi izlayotgani sababli daniyalik futbolchini Turin klubiga o‘tishga ko‘ndirishga umid qilmoqda.

Biroq Xyoybyerg uchun kurashda «Yuventus»ga «Fiorentina» raqobat qiladi. Italiyaning ushbu klubi ham daniyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting