locale OZ

«Yuventus» Voltemadeni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

“Кeksa sinora” Voltemadeni ijaraga olish va keyinchalik sotib olish huquqiga ega bo‘lish variantini o‘rganmoqda.
«Yuventus» Voltemadeni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
ФОТО: Getty images

“Yuventus” “Nyukasl” hujumchisi Nik Voltemadeni ijaraga olish masalasida ingliz klubi bilan aloqaga chiqdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.

Turinliklar 24 yoshli nemis forvardini hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Voltemade “Yuventus” uchun Jonatan Devid jamoani tark etgan taqdirda uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “keksa sinora” Voltemadeni ijaraga olish va keyinchalik sotib olish huquqiga ega bo‘lish variantini o‘rganmoqda. Biroq turinliklar futbolchining maoshini to‘liq qoplash imkoniyatiga ega emasligi aytilmoqda.

Voltemade 2025 yil yozida “Shtutgart”dan “Nyukasl”ga 75 million yevro atrofidagi transfer evaziga o‘tgan. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 6 ta assist qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting