«Yuventus» Vlahovichni sotishga tayyor
Unga ko'plab jamoalar qiziqmoqda.
ФОТО: Getty images
"Yuventus" qishki transfer vaqtida hujumchi Dushan Vlahovichni sotib yuborishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Yuventus" Vlahovichni qishki transfer oynasida sotish uchun ochiq, ammo hujumchining yillik 12 million yevro maoshi bunga to'sqinlik qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, 25 yoshli hujumchiga "Barselona," "Bavariya," "Manchester Yunayted," "Tottenhem," "Atletiko," "Milan" va "Fenerbaxche" klublari qiziqish bildirmoqda.
Vlahovich joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist