locale OZ

“Yuventus” Virjil van Deykka qiziqish bildirmoqda

Turin klubi vakili yaqinda Niderlandiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvni stadiondan kuzatgan.
“Yuventus” Virjil van Deykka qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

“Liverpul” sardori Virjil van Deyk faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, “Yuventus” 35 yoshli markaziy himoyachining holatini kuzatishni boshlagan va uni 2027-yil yozgi transfer oynasi uchun nomzodlar qatoriga kiritgan.

Turin klubi vakili yaqinda Niderlandiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvni stadiondan kuzatgan. “Yuventus” vakillari van Deykning terma jamoa darajasidagi hozirgi jismoniy holatini baholashni istagan. Hozircha tomonlar o‘rtasida hech qanday muzokara o‘tkazilmagan.

Van Deykning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil iyunida yakunlanadi. Shu sabab himoyachi mavsum oxirida erkin agentga aylanishi mumkin. “Yuventus” futbolchining tajribasi, yetakchilik fazilatlari va g‘oliblik mentalitetini yuqori baholamoqda, biroq uning yoshi sabab jismoniy holatiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ma’lumot uchun, van Deyk “Liverpul” safida 2018-yildan buyon to‘p tepib kelmoqda va klub libosida 380 ga yaqin uchrashuv o‘tkazgan. “Yuventus” himoyachini Gleison Bremer yozda jamoani tark etadigan bo‘lsa, markaziy himoyani kuchaytirish variantlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting