locale OZ

«Yuventus» Vikarioga e'tibor qaratdi

Avvalroq uning nomi Milanning «Inter» klubi bilan bog'langan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yuventus Vikarioga e'tibor qaratdi
ФОТО: Getty images

«Tottenhem» darvozaboni Guglielmo Vikariyo «Liverpul» posboni Alisson Bekerning turinliklar klubiga transferi amalga oshmay qolganidan so‘ng «Yuventus»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Nashrga ko‘ra, Guglielmo Vikariyo «Yuventus» uchun eng jozibador variant hisoblanadi, chunki darvozabonning London klubi bilan shartnomasi 2028 yil yozida yakunlanadi, demak, «shporlar» futbolchining narxini ko‘tara olmaydi.

Bundan tashqari, italiyalik darvozabon vatanga qaytish umidida.

Avvalroq uning nomi Milanning «Inter» klubi bilan bog‘langan edi.

Guglielmo Vikariyo «Tottenhem» bilan 2023 yilda «Empoli»dan 18 million yevro evaziga o‘tib, shartnoma imzolagan.

2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, darvozabon «shporlar» safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 65 ta gol o‘tkazib yuborgan va 13 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting