«Yuventus» Vikario transferiga qiziqmoqda
«La Gazzetta dello Sport» xabariga ko’ra, «Tottenxem» darvozaboni Gulyelmo Vikario «Yuventus»ga o’tishi mumkin. Turinliklar «Liverpul» darvozaboni Alisson Bekerni jamoaga olib kelolmagach, e’tiborini italiyalik posbonga qaratdi.
Manbaning qayd etishicha, Vikario «Yuventus» uchun eng maqbul variant hisoblanadi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo’ljallangan, bu esa «shporlar»ning futbolchi narxini sun’iy ravishda oshirib yuborishiga yo’l qo’ymaydi. Bundan tashqari, darvozabonning o’zi ham o’z yurtiga qaytishni istamoqda.
Gulyelmo Vikario «Tottenxem»ga 2023-yilda «Empoli»dan 18 million yevro evaziga o’tgan edi. 2025/2026-yilgi mavsumda u «shporlar» safida barcha musobaqalarda 43 ta o’yin o’tkazib, 65 ta gol o’tkazib yubordi va 13 ta o’yinda o’z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.