locale OZ

«Yuventus» va «Milan» Silva bilan qiziqmoqda

Bernardu hozirda "Manchester Siti"da yiliga 10 million yevro maosh oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» va «Milan» Silva bilan qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva tez orada klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik 31 yoshli futbolchiga “Yuventus” va “Milan” jamoalari tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. Har ikki klub futbolchining agenti bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

Bu klublar transfer imkoniyatini baholamoqchi edi. Faqatgina uning yuqori maoshi kelishuvga to‘siq bo‘lishi mumkin.

Bernardu hozirda "Manchester Siti"da yiliga 10 million yevro maosh oladi. Italiya klublari esa ushbu summani kamaytirishni istamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting