«Yuventus» va «Milan» Pavlidis uchun kurashga qo‘shildi
«Benfika» klubining gretsiyalik hujumchisi Vangelis Pavlidis Italiyaning ikki top-klubi qiziqish doirasiga tushdi. Turinning «Yuventus» va «Milan» klublari joriy mavsumda hujumchining o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Italiya klublari hujumchi uchun kurashda Kataloniyaning «Barselona» klubiga raqobatchilik qilmoqchi. Kataloniyaliklarning grek futbolchisiga qiziqishi borligi haqida shu haftada ma’lum bo‘lgan edi.
Avvalroq Lissabon grandi o‘zining sermahsul hujumchisini sotish orqali taxminan 100 million yevro ishlab olishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Pavlidis Portugaliya chempionatining joriy mavsumida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi