locale OZ

«Yuventus» uchinchi bor Kolo Muani qaytarib olishga harakat qilmoqchi

Fransiyalik xavbek oʻtgan mavsumni «Tottenhem» safida oʻtkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» uchinchi bor Kolo Muani qaytarib olishga harakat qilmoqchi
FOTO: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi «PSJ» yarimhimoyachisi Randal Kolo Muanini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «byankoneri» fransiyalik futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborib ulgurgan. E’tiborlisi, Italiya grandi ushbu o‘yinchini sotib olishga birinchi marta urinayotgani yo‘q — klub rahbariyati o‘tgan yilning avgustida va joriy yilning yanvarida ham ushbu transferni amalga oshirishga harakat qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumni Kolo Muani ijara asosida Londonning «Tottenhem» klubida o‘tkazdi va barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Fransiyalik xavbekka «Yuventus» muhiti begona emas, u 2025 yilning yanvaridan iyuliga qadar Turin klubida ijara asosida to‘p surgan edi. Transfermarkt portali futbolchini 22 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting