«Yuventus» Trubinga qiziqish bildirmoqda
Lissabon klubi Trubinni 30 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
Ukrainalik darvozabon Anatoliy Trubin yaqin vaqt ichida "Benfika"ni tark etishi mumkin.
GiveMeSport xabariga ko‘ra, 24 yoshli posbonga qiziqish bildirayotgan klublar safiga "Yuventus" klubi ham qo‘shildi.
Manbaga ko‘ra, ehtimoliy transferdagi asosiy muammo "Benfika"ning moliyaviy talablari hisoblanadi. Lissabon klubi Trubinni 30 million yevroga baholamoqda. Holbuki, portugallar uni Donetskning "Shaxtyor" klubidan 10 million yevro evaziga xarid qilgan edi.
Xabar qilinishicha, Janluiji Buffon faoliyatini yakunlaganidan beri "Yuventus" yuqori saviyadagi asosiy darvozabon muammosini to‘liq hal qila olmagan. Turinliklar Trubinni aynan shu pozitsiya uchun munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist