«Yuventus» Sudzukini transfer qilishni rejalashtirmoqda
Turinning "Yuventus" klubi "Parma" darvozaboni va Yaponiya milliy jamoasi azosi Zion Sudzukini o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, turinliklar transfer muzokaralarida ayrim futbolchilarini ham kelishuvning bir qismi sifatida taklif qilishi mumkin. Shuningdek, Angliya Premer-ligasining bir qator klublari ham yapon darvozaboni vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Sudzuki 2026 yilgi jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida maydonga tushgan.
Uning "Parma" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalining ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli golkiperni bozordagi qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" o'tgan mavsum Italiya A Seriyasida 69 ochko jamg'arib, chempionatni 6-o'rinda yakunlagan.