locale OZ

«Yuventus» Spaletti bilan faol muzokaralar olib bormoqda

Avvalroq turinliklar Igor Tudorni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Spaletti bilan faol muzokaralar olib bormoqda
FOTO: Getty Images

«Yuventus» rahbariyati italiyalik murabbiy Luchiano Spaletti bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, turinliklar Spalettiga joriy mavsum yakuniga qadar moʻljallangan shartnoma taklif qilgan.

Qayd etilishicha, agar jamoa Chempionlar ligasiga yoʻllanma olsa, kelishuv avtomatik ravishda uzaytiriladi. Spaletti bu taklifni maʼqullagan va Italiya milliy jamoasidagi omadsiz faoliyatidan soʻng oʻz obroʻsini tiklash uchun «Yuventus»ni boshqarishga tayyor.

Maʼlumot uchun, Spaletti faoliyati davomida «Roma», «Inter» va «Napoli» kabi klublarni hamda Italiya milliy jamoasini boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting