“Yuventus” sobiq darvozaboni Netoni ortga qaytarishi mumkin
“Yuventus” Kamil Grabaraning og‘ir jarohatidan so‘ng darvozabonlar chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Turin klubi uchun asosiy nomzodlardan biri jamoaning sobiq posboni Neto bo‘lib turibdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 37 yoshli braziliyalikning vakillari “Yuventus”ga qaytish variantiga tayyor ekanini bildirgan, futbolchining o‘zi ham Turinga qaytishni istamoqda. Neto erkin agent maqomida bo‘lgani sababli klub uni yozgi transfer oynasi yopilganiga qaramay ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
“Yuventus” yangi darvozabon izlashga Grabaraning tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lamidan jiddiy jarohat olgani sabab kirishdi. Polshalik posbon uzoq muddatga safdan chiqqan va amalda mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Neto bilan bir qatorda Sergio Riko va Alfred Gomis kabi erkin agentlar ham ko‘rib chiqilmoqda.
Ma’lumot uchun, Neto 2015–2017-yillarda “Yuventus” safida to‘p tepgan. Keyinchalik “Valensiya”, “Barselona”, “Bornmut”, “Arsenal” va “Botafogo” klublarida faoliyat olib borgan. U 2026-yil yozidan beri erkin agent hisoblanadi.