«Yuventus» sobiq bosh murabbiyi Motta «Spartak» taklifini rad etdi
Moskva klubi Rossiya chempionatining turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
ФОТО: Getty images
"Yuventus"ning sobiq bosh murabbiyi Tiago Motta Moskvaning "Spartak" klubidan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qizil-oqlar" so‘nggi kunlarda mutaxassis bilan agentlar orqali bog‘lanib, ehtimoliy hamkorlik haqida muzokara olib borishga umid qilgan. Biroq italiyalik mutaxassis tomonidan rad javobi olingan.
Shuningdek, klub Igor Tudor bilan ham bog‘langan edi. Ammo xorvatiyalik mutaxassis Rossiyada ishlashni istamagan.
Ma'lumot o‘rnida, serbiyalik murabbiy Dejan Stankovich ketganidan keyin "Spartak"ni vaqtincha uning shtabidagi yordamchilaridan biri bo‘lgan Vadim Romanov boshqarib turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist